Nukus shahri Transport texnikumida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni ta’minlash kafolatlari haqqida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining sho’ba boshlig‘i I.Aldabergenov, sho‘ba bosh maslahatchilari Sh.Saliyeva, N.Erniyazova so‘zga chiqib, O‘zbekistonda oilani mustahkamlashga oid davlat siyosati, oilaviy-huquqiy munosabatlar, oila mustahkamligini ta’minlashda milliy qadriyatlar, diniy-axloqiy qadriyatlar orqali gender tenglikni ta’minlashda er-xotinlar, qaynona-qaynotalarning huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berdi.

Shuningdek, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan Konstitutsiya – amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning va ularning qonunchilik asoslarini yaratishning bosh huquqiy asosi, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasining kafolati hisoblanishi alohida ta’kidlandi.