MASTER-KLASS VA SEMINAR

 

Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi
Tashkilotchilar: Jo‘limbetova Azizaxon va Tolibayeva Albina
Ishtirokchilar: Texnikum o‘qituvchilari va o‘quv ustalari.
2026 yil oktyabr oyida Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida Jo‘limbetova Azizaxon va Tolibaeva Albina tomonidan master-klass va seminar o‘tkazildi.
Seminarning maqsadi pedagoglarni zamonaviy o‘qitish usullari, interaktiv metodlar va raqamli ta’lim platformalari bilan tanishtirish, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Master-klass davomida Educaplay, Wordwall, Edugames va Soffia.uz platformalarining imkoniyatlari namoyish etildi.
Master-klass va seminar ishtirokchilar uchun foydali tajriba almashish maydoniga aylandi. Qo‘llanilgan metodlar darslarni qiziqarli, interaktiv va samarali tashkil etishga yordam berishi ko‘rsatildi.