EJP — Tadbirkorlikka parvoz: yoshlar eko-tadbirkorlik sari

 

EJP — Tadbirkorlikka parvoz: yoshlar eko-tadbirkorlik sari
Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan “EJP — Tadbirkorlikka parvoz” dasturi doirasida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv mehmoni — “Urik Guli” brendi asoschisi, ekofaol va mustaqil jurnalist Mo‘tabar Xushvaqtova bo‘ldi.
Tadbir davomida yoshlar ekologik tadbirkorlik, ekologik mas’uliyat, innovatsion yondashuv va barqaror biznes yuritish imkoniyatlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Dasturning 3-bosqichiga muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar bilan kichik guruhlarda ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning biznes g‘oyalari, tashabbuslari va istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.