Nukus ilg‘or va kasbiy mahorat texnikumi Yevropa Ta’lim Fondi (ETF)ning Markaziy Osiyo mamlakatlarida salohiyatli yoshlar uchun muloqot va amaliy harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “DARYA” loyihasi doirasida tashkil etilgan mintaqaviy o‘quv seminarida faol ishtirok etmoqda.
Mazkur seminar o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. Xususan, ishtirokchilar “SCAFFOLD” metodikasi asosida ta’lim berish usullari, talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bosqichma-bosqich qo‘llab-quvvatlash orqali bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Seminar davomida:
o‘quv jarayonini rejalashtirishning innovatsion usullari;
amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish;
talabalar faolligini oshirishga qaratilgan interfaol metodlar;
kompetensiyaga asoslangan ta’lim yondashuvlari muhokama qilinmoqda.
Mazkur tadbir texnikum pedagoglari uchun xalqaro tajribani o‘rganish, o‘zaro fikr almashish va ta’lim jarayonin.

