“YUNESKO tomonidan O‘zbekistonda kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan milliy muloqot tadbiri tashkil etildi. Ushbu muhim anjumanda ta’lim sohasidagi mutaxassislar, davlat tashkilotlari vakillari, xalqaro ekspertlar hamda kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbirda Nukus transport texnikumi jamoasi ham faol qatnashib, o‘z tajribasi va ilg‘or yondashuvlari bilan o‘rtoqlashdi. Texnikum vakillari tomonidan kasbiy ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.
Milliy muloqot davomida ishtirokchilar kasb-hunar ta’limining bugungi holati, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, mehnat bozoriga mos kadrlar tayyorlash, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalariga alohida e’tib.
