“Nókis transport texnikumında 18-noyabr — Ózbekstan Respublikası Mámleketlik bayraǵı qabıl etilgen kún kóterinki ruxta nishanlandı. Ushbu sana munosabati bilan texnikumda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda ustozlar, o‘quvchilar hamda texnikum jamoasi faol ishtirok etdi.
Bayram tadbiri davomida davlat ramzlarining ahamiyati, ayniqsa, Mámleketlik bayraǵımızning tarixiy mazmuni va uning xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar bayroq — millat g‘ururi, mustaqillik timsoli ekanini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbir jarayonida o‘quvchilar tomonidan she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar ijro etildi. Bu esa yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Yakunda barchaga yurtimiz tinchligi, ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilish, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarurligi yana bir bor eslatib o‘tildi.”


