Hudud muammolariga biznes yechimlar yoshlar o‘z g‘oyalarini taqdimot qildi.

 

Hudud muammolariga biznes yechimlar: yoshlar o‘z g‘oyalarini taqdimot qildi

“EJP — Tadbirkorlikka parvoz” dasturining birinchi bosqichi yakunlandi. Ishtirokchilar Qoraqalpog‘istondagi mavjud muammolarga yechim bo‘ladigan biznes g‘oyalarini ishlab chiqib, tadbirkor mentorlarga taqdimot qildi.

Yoshlar bir daqiqa ichida o‘z taklifining ahamiyatini ochib berishi, biznesning daromad keltirish imkoniyatini asoslashi va g‘oyaning istiqboliga ishontirishi lozim.

Ishtirokchilardan:
hududdagi aniq muammoga amaliy yechim taklif etish;
mahsulot yoki xizmatga xaridor ehtiyojini asoslash;
biznes qanday daromad keltirishini tushuntirish;
investor oldida taklifni qisqa va ishonarli himoya qilish talab etildi.