Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida xalqaro va milliy dasturlar bo‘yicha imtihon jarayonlari o‘tkazildi

🎓 Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida xalqaro va milliy dasturlar bo‘yicha imtihon jarayonlari o‘tkazildi
🗓 2026-yil 26-avgust kuni Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 9-sinf bitiruvchilarini xalqaro ta’lim dasturlariga qabul qilish doirasida Pearson, Avestos xalqaro va milliy dasturlar bo‘yicha imtihon jarayonlari tashkil etildi.

📝 Imtihonlar belgilangan tartibda, zamonaviy va shaffof sharoitda o‘tkazilib, abituriyentlarning bilim va ko‘nikmalari baholandi.
🌎 Pearson va Avestos xalqaro dasturlari doirasida ta’lim olish yoshlarning zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

✨ Imtihon jarayonlarida ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad, yuqori natijalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Websayt 🌎 | Instagram 🌐 | YouTube 🌐 | Telegram 🚀

Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom kelajak garovi!

Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi direktori va direktor o‘rinbosarlari «Salomatlik uchun 5000 qadam» loyihasida faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ushbu loyiha jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va barchani barqaror harakat qilishga undashga xizmat qiladi. **Sog‘lom turmush – muvaffaqiyat garovi! Birgalikda sog‘lom hayotga qadam qo‘yaylik!

13-iyul kuni Nukus kasbiy mahorat texnikumida President Tech Award hamda President AI Award tanlovlariga bag‘ishlangan seminar-targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🚀 13-iyul kuni Nukus kasbiy mahorat texnikumida President Tech Award hamda President AI Award tanlovlariga bag‘ishlangan seminar-targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga tanlov shartlari, ariza topshirish tartibi va loyihalarni tayyorlash bo‘yicha ma’lumot berilib, ularning savollariga javob berildi.  🚀 13-iyul kúni Nòkis aldinği kàsiplik sheberlik texnikumında President Tech Award hám President AI Award tańlawlarına baǵıshlanǵan seminar-tárǵıbat ilajı ótkerildi. Ilaj dawamında qatnasıwshılarǵa tańlaw şartları, arza tapsırıw tártibi hám joybarlardı tayarlaw boyınsha maǵlıwmat berilip, sawallarına juwap berildi.

 

 

Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari kasbiy milliy mahorat tanlovining Qoraqalpog‘iston saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari

 

Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari kasbiy milliy mahorat tanlovining Qoraqalpog‘iston saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Texnikumimizdan amaliyot rahbari Eshmuratov Bobur boshchiligida qatnashgan ATXK 5 guruh o‘quvchisi Ametbayev Azamat faxrli 2-o‘rinni egallab Toshkent shahriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Toshkent shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston bosqichida o‘quvchimiz Ametbayev Azamatga omad tilab qolamiz.

Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish maqsadida EFEKTA loyihasi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

 

Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish maqsadida EFEKTA loyihasi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida platformaning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, zamonaviy imkoniyatlari va undan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Seminar o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun o‘zaro tajriba almashish va raqamli ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasb-hunar ta’limi agentligi direktori B.Aymbetov, Kasb-hunar ta’limi agentligi mutaxassisi Sh. Fayzullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi ta’lim jarayonini tashkil etish va kasbiy rivojlantirish sektori bosh mutaxassisi M.Bekimbetova, EFEKTA loyihasi operatsion direktori Desmarais, EFEKTA loyihasi operatsion va savdo menejeri Layla Begjanova, EFEKTA loyihasi hududiy menejeri Assem Sarybekova ishtirok etdi.

2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdullaxonov Avzalxon Azamatxonovich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori Aymbetov Bayrambay Sharapatdinovich Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga tashrif buyurdilar.

2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdullaxonov Avzalxon Azamatxonovich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori Aymbetov Bayrambay Sharapatdinovich Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan asosiy maqsad texnikumda amalga oshirilayotgan qurilish, rekonstruksiya va moddiy-texnik bazani mustahkamlash ishlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek kelgusida xalqaro ta’lim standartlari asosida tashkil etiladigan o‘quv jarayonlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida zamonaviy kasbiy ta’limni rivojlantirishda muhim o‘rin tutayotgan ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

YUNESKO O‘zbekistondagi texnikumlarda AKT xonalarini jihozlashni qo‘llab-quvvatlamoqda

YUNESKO O‘zbekistondagi texnikumlarda AKT xonalarini jihozlashni qo‘llab-quvvatlamoqda

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida Nukus ilgıor kasbiy mahorat texnikumida AKT xonalari zarur raqamli infratuzilma bilan jihozlanmoqda. Uskunalarni yetkazib berish jarayoni davom etmoqda. Jami 7 ta smart doska, 182 ta UPS qurilmasi bilan jihozlangan 182 ta kompyuter, 7 ta printer va 7 ta Wi‑Fi router yetkazib berilmoqda. Uskunalar to‘liq ishga tayyor holatga keltirilishini ta’minlash maqsadida YUNESKO xodimlari tomonidan hozirda o‘rnatilib, texnik sinovdan o‘tkazilmoqda.

Mazkur jarayon YUNESKOning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Germaniyaning xalqaro ’AVESTOS INTERNATIONAL’ GmbH kasbiy ta’limni rivojlantirish tashkiloti joriy yilning 24-26 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida tashrif buyurdi.

Germaniyaning xalqaro ’AVESTOS INTERNATIONAL’ GmbH professional ta’limni rivojlantirish tashkiloti joriy yilning 24-26 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahriga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasb-hunar ta’limi agentligiga qarashli Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi bilan hamkorlikda Germaniyaning zamonaviy kasblarini nemis standartlari talablariga muvofiq o‘qitish bino obyektlari birgalikda tahlil qilindi. Germaniyadan kelgan ’AVESTOS INTERNATIONAL’ tashkiloti rahbari Klaus Michel va tashkilotning ekspertlari tomonidan ular joriy etayotgan 3 ta kasb bo‘yicha taklif va muzokaralar olib borildi. Xalqaro ekspertlar bilan Qoraqalpoq Oliy Kengashi sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi boshlig‘i I.Niyazov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori A.Ayapov, Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi direktori S.Aybergenov va pedagog kadrlari, Respublikadan kasbiy ta’limni rivojlantirish bosh mutaxassisi Q.Ro‘zmatov hamda qurilish ishlari bo‘yicha quruvchi mutaxassislari bilan joriy yilda 3 ta zamonaviy kasblarni 2026/2027 o‘quv yiliga joriy etish uchun tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishga erishdi. Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro tashkilot O‘zbekiston Respublikasi kesimida joriy yilda 7 ta viloyatda dual ta’lim tizimida jahon standartlari va talablariga javob beradigan maqsadli yosh kadrlarni tayyorlashga kirishgan. Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi ushbu loyiha doirasida 3 ta kasb, ya’ni «Qurilish ishlari» sohasida 2 ta yo‘nalish va «Metallarga ishlov berish» kasblarini joriy etish bilan ishtirok etmoqda. Kelgusida mazkur texnikum bilan turdosh kasblarni uzluksiz o‘qitish rejalari ham belgilab olindi.