EJP — Tadbirkorlikka parvoz: yoshlar eko-tadbirkorlik sari

 

EJP — Tadbirkorlikka parvoz: yoshlar eko-tadbirkorlik sari
Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan “EJP — Tadbirkorlikka parvoz” dasturi doirasida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv mehmoni — “Urik Guli” brendi asoschisi, ekofaol va mustaqil jurnalist Mo‘tabar Xushvaqtova bo‘ldi.
Tadbir davomida yoshlar ekologik tadbirkorlik, ekologik mas’uliyat, innovatsion yondashuv va barqaror biznes yuritish imkoniyatlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Dasturning 3-bosqichiga muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar bilan kichik guruhlarda ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning biznes g‘oyalari, tashabbuslari va istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.

 

DEMO LESSON | OCHIQ DARS Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi

DEMO LESSON | OCHIQ DARS
Sana: 30 oktyabr 2026-yil
Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi
2026-yil 30-oktyabr kuni Nukus oldingi Kasb-hunar texnikumining ingliz tili fani o‘qituvchisi Azizaxon Jolimbetova tomonidan II-kurs «Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash»7 guruhida «Past Simple» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar asosida tashkil etildi. O‘quvchilar dars davomida yakka, juft va guruhlarda ishlab, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Dars davomida o‘quvchilarning gapirish, tinglash, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Interfaol mashg‘ulotlar, guruh ishlari va amaliy topshiriqlar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi oshirildi.
Ochiq dars yuqori metodik darajada, mazmunli va yuqori faollik bilan o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini amaliy topshiriqlar orqali namoyish etdi.

Nukus Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 2026-yil 23-oktabr kuni fizika fani o‘qituvchisi Xojanazarova Gulnara tomonidan texnikum o‘quvchilari ishtirokida «Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash» mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Nukus Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 2026-yil 23-oktabr kuni fizika fani o‘qituvchisi Xojanazarova Gulnara tomonidan texnikum o‘quvchilari ishtirokida «Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash» mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Dars davomida fizika fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, mavzuni chuqur o‘zlashtirish hamda erkin muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulot jarayonida mavzuga oid turli xil topshiriqlar bajarilib, yozish, o‘qib tushunish va gapirish ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning xotirasini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar, elektron doskada fizika faniga ta’luqli savollar asosida topshiriqlar hamda jamoaviy o‘yinlar tashkil etildi.

Interfaol metodlar va qiziqarli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi oshirilib, ularning faolligi va jamoada ishlash ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Ochiq dars mazmunli, qiziqarli va interfaol usullarga boy tarzda tashkil etildi.

 

Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida Joriy yilning 21-oktabr kuni ta’lim muassasamizda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

 

Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida Joriy yilning 21-oktabr kuni ta’lim muassasamizda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida ona tilimizning milliy qadriyatlarimizni asrashdagi beqiyos o‘rni, uning so‘z boyligi, jozibasi, sofligini saqlash va nufuzini yanada yuksaltirish haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan:  She’rlar, Badiiy sahna ko‘rinishlari, Dilnavoz qo‘shiqlar jo‘shqinlik bilan ijro etildi.
Ishtirokchilarning chiqishlari tadbirlarga o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, barchaning qalbida ona tilimizga bo‘lgan mehr va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qildi.
Tadbir jarayonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi televideniyesi Xabar dasturi orqali yoritildi.

 

MASTER-KLASS VA SEMINAR

 

Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi
Tashkilotchilar: Jo‘limbetova Azizaxon va Tolibayeva Albina
Ishtirokchilar: Texnikum o‘qituvchilari va o‘quv ustalari.
2026 yil oktyabr oyida Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida Jo‘limbetova Azizaxon va Tolibaeva Albina tomonidan master-klass va seminar o‘tkazildi.
Seminarning maqsadi pedagoglarni zamonaviy o‘qitish usullari, interaktiv metodlar va raqamli ta’lim platformalari bilan tanishtirish, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Master-klass davomida Educaplay, Wordwall, Edugames va Soffia.uz platformalarining imkoniyatlari namoyish etildi.
Master-klass va seminar ishtirokchilar uchun foydali tajriba almashish maydoniga aylandi. Qo‘llanilgan metodlar darslarni qiziqarli, interaktiv va samarali tashkil etishga yordam berishi ko‘rsatildi.

Hudud muammolariga biznes yechimlar yoshlar o‘z g‘oyalarini taqdimot qildi.

 

Hudud muammolariga biznes yechimlar: yoshlar o‘z g‘oyalarini taqdimot qildi

“EJP — Tadbirkorlikka parvoz” dasturining birinchi bosqichi yakunlandi. Ishtirokchilar Qoraqalpog‘istondagi mavjud muammolarga yechim bo‘ladigan biznes g‘oyalarini ishlab chiqib, tadbirkor mentorlarga taqdimot qildi.

Yoshlar bir daqiqa ichida o‘z taklifining ahamiyatini ochib berishi, biznesning daromad keltirish imkoniyatini asoslashi va g‘oyaning istiqboliga ishontirishi lozim.

Ishtirokchilardan:
hududdagi aniq muammoga amaliy yechim taklif etish;
mahsulot yoki xizmatga xaridor ehtiyojini asoslash;
biznes qanday daromad keltirishini tushuntirish;
investor oldida taklifni qisqa va ishonarli himoya qilish talab etildi.

 

Zamonaviy kasbiy ta’lim – sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasb-hunar ta’limi agentligi tomonidan Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi o‘qituvchisi Allabergenova Jasmin kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki, ta’lim sohasidagi samarali mehnati va yoshlarga zamonaviy kasb-hunar sirlarini o‘rgatishdagi fidoyiligi uchun «Faxriy yorliq» bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Jasmin Allabergenova Avgust kengashida «Zamonaviy kasbiy ta’lim – sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya» mavzusidagi ma’ruzasi bilan faol ishtirok etdi.
Allabergenova Jasminni ushbu munosib e’tirof bilan tabriklaymiz! Kelajakdagi pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida xalqaro va milliy dasturlar bo‘yicha imtihon jarayonlari o‘tkazildi

🎓 Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida xalqaro va milliy dasturlar bo‘yicha imtihon jarayonlari o‘tkazildi
🗓 2026-yil 26-avgust kuni Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 9-sinf bitiruvchilarini xalqaro ta’lim dasturlariga qabul qilish doirasida Pearson, Avestos xalqaro va milliy dasturlar bo‘yicha imtihon jarayonlari tashkil etildi.

📝 Imtihonlar belgilangan tartibda, zamonaviy va shaffof sharoitda o‘tkazilib, abituriyentlarning bilim va ko‘nikmalari baholandi.
🌎 Pearson va Avestos xalqaro dasturlari doirasida ta’lim olish yoshlarning zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

✨ Imtihon jarayonlarida ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad, yuqori natijalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Websayt 🌎 | Instagram 🌐 | YouTube 🌐 | Telegram 🚀

Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom kelajak garovi!

Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi direktori va direktor o‘rinbosarlari «Salomatlik uchun 5000 qadam» loyihasida faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ushbu loyiha jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va barchani barqaror harakat qilishga undashga xizmat qiladi. **Sog‘lom turmush – muvaffaqiyat garovi! Birgalikda sog‘lom hayotga qadam qo‘yaylik!