YUNESKO O‘zbekistondagi texnikumlarda AKT xonalarini jihozlashni qo‘llab-quvvatlamoqda
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida Nukus ilgıor kasbiy mahorat texnikumida AKT xonalari zarur raqamli infratuzilma bilan jihozlanmoqda. Uskunalarni yetkazib berish jarayoni davom etmoqda. Jami 7 ta smart doska, 182 ta UPS qurilmasi bilan jihozlangan 182 ta kompyuter, 7 ta printer va 7 ta Wi‑Fi router yetkazib berilmoqda. Uskunalar to‘liq ishga tayyor holatga keltirilishini ta’minlash maqsadida YUNESKO xodimlari tomonidan hozirda o‘rnatilib, texnik sinovdan o‘tkazilmoqda.
Mazkur jarayon YUNESKOning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.


