Germaniyaning xalqaro ’AVESTOS INTERNATIONAL’ GmbH professional ta’limni rivojlantirish tashkiloti joriy yilning 24-26 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahriga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasb-hunar ta’limi agentligiga qarashli Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi bilan hamkorlikda Germaniyaning zamonaviy kasblarini nemis standartlari talablariga muvofiq o‘qitish bino obyektlari birgalikda tahlil qilindi. Germaniyadan kelgan ’AVESTOS INTERNATIONAL’ tashkiloti rahbari Klaus Michel va tashkilotning ekspertlari tomonidan ular joriy etayotgan 3 ta kasb bo‘yicha taklif va muzokaralar olib borildi. Xalqaro ekspertlar bilan Qoraqalpoq Oliy Kengashi sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi boshlig‘i I.Niyazov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori A.Ayapov, Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi direktori S.Aybergenov va pedagog kadrlari, Respublikadan kasbiy ta’limni rivojlantirish bosh mutaxassisi Q.Ro‘zmatov hamda qurilish ishlari bo‘yicha quruvchi mutaxassislari bilan joriy yilda 3 ta zamonaviy kasblarni 2026/2027 o‘quv yiliga joriy etish uchun tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishga erishdi. Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro tashkilot O‘zbekiston Respublikasi kesimida joriy yilda 7 ta viloyatda dual ta’lim tizimida jahon standartlari va talablariga javob beradigan maqsadli yosh kadrlarni tayyorlashga kirishgan. Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi ushbu loyiha doirasida 3 ta kasb, ya’ni «Qurilish ishlari» sohasida 2 ta yo‘nalish va «Metallarga ishlov berish» kasblarini joriy etish bilan ishtirok etmoqda. Kelgusida mazkur texnikum bilan turdosh kasblarni uzluksiz o‘qitish rejalari ham belgilab olindi.
Germaniyaning xalqaro ’AVESTOS INTERNATIONAL’ GmbH kasbiy ta’limni rivojlantirish tashkiloti joriy yilning 24-26 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida tashrif buyurdi.



