Nukus Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 2026-yil 23-oktabr kuni fizika fani o‘qituvchisi Xojanazarova Gulnara tomonidan texnikum o‘quvchilari ishtirokida «Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash» mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida fizika fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, mavzuni chuqur o‘zlashtirish hamda erkin muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulot jarayonida mavzuga oid turli xil topshiriqlar bajarilib, yozish, o‘qib tushunish va gapirish ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning xotirasini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar, elektron doskada fizika faniga ta’luqli savollar asosida topshiriqlar hamda jamoaviy o‘yinlar tashkil etildi.
Interfaol metodlar va qiziqarli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi oshirilib, ularning faolligi va jamoada ishlash ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Ochiq dars mazmunli, qiziqarli va interfaol usullarga boy tarzda tashkil etildi.

