Zamonaviy kasbiy ta’lim – sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasb-hunar ta’limi agentligi tomonidan Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumi o‘qituvchisi Allabergenova Jasmin kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki, ta’lim sohasidagi samarali mehnati va yoshlarga zamonaviy kasb-hunar sirlarini o‘rgatishdagi fidoyiligi uchun «Faxriy yorliq» bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Jasmin Allabergenova Avgust kengashida «Zamonaviy kasbiy ta’lim – sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya» mavzusidagi ma’ruzasi bilan faol ishtirok etdi.
Allabergenova Jasminni ushbu munosib e’tirof bilan tabriklaymiz! Kelajakdagi pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!