Nukus ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida Joriy yilning 21-oktabr kuni ta’lim muassasamizda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy qadriyatlarimizni asrashdagi beqiyos o‘rni, uning so‘z boyligi, jozibasi, sofligini saqlash va nufuzini yanada yuksaltirish haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan: She’rlar, Badiiy sahna ko‘rinishlari, Dilnavoz qo‘shiqlar jo‘shqinlik bilan ijro etildi.
Ishtirokchilarning chiqishlari tadbirlarga o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, barchaning qalbida ona tilimizga bo‘lgan mehr va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qildi.
Tadbir jarayonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi televideniyesi Xabar dasturi orqali yoritildi.


