Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining sho’ba boshlig‘i I.Aldabergenov, sho‘ba bosh maslahatchilari Sh.Saliyeva, N.Erniyazova so‘zga chiqib, O‘zbekistonda oilani mustahkamlashga oid davlat siyosati, oilaviy-huquqiy munosabatlar, oila mustahkamligini ta’minlashda milliy qadriyatlar, diniy-axloqiy qadriyatlar orqali gender tenglikni ta’minlashda er-xotinlar, qaynona-qaynotalarning huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berdi.
Shuningdek, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan Konstitutsiya – amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning va ularning qonunchilik asoslarini yaratishning bosh huquqiy asosi, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasining kafolati hisoblanishi alohida ta’kidlandi.


