Germaniyaning xalqaro ‘AVESTOS INTERNATIONAL’ GmbH kasbiy ta’limni rivojlantirish tashkiloti joriy yilning 24-26 Aprel kunlari Qoraqolpog’iston Respublikasining Nukus ilgor kasbiy mahorat texnikumiga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish maqsadida tashrif buyurdilar.

 

Germaniyaning xalqaro ‘AVESTOS INTERNATIONAL’ GmbH kasbiy ta’limni rivojlantirish tashkiloti joriy yilning 24-26 Aprel ku’nlari Qoraqаlpog’iston Respublikasi Nukus shaxriga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish maqsadida tashrif buyurdilar. Tashrif jarayonida Qoraqаlpog’iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligiga qarashli Nukus ilg’or kasbiy mahorat texnikumi bilan hamkorlikda Germaniyaning zamonaviy kasblarini nemis standartlari talablariga muvofiq o`qitish bino obyektlari birgalikda tahlil qilindi. Germaniyadan kelgan ‘AVESTOS INTERNATIONAL’ tashkiloti rahbari Klaus Michel va tashkilotning ekspertlari ular tomonidan joriy qilayotgan 3 ta kasblar borasida taklif va muzokaralar olib borildi. Xalqaro ekspertlar bilan Qoraqalpoq Yuqori Kengashi sanoat, qurulush, transport va axborot texnologiyalari masalalari komiteti boshlig’i I.Niyazov, Qoraqаlpog’iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori A.Ayapov, Nukus ilg’or kasbiy mahorat texnikumi direktori S.Aybergenov va pedagog kadrlari, Respublikadan kasbiy ta’limni rivojlantirish bosh mutaxassisi Q.Ro‘zmatov hamda qurilish ishlari bo’yicha quruvchi mutaxassislari bilan joriy yilda 3 ta zamonaviy kasblarni 2026/2027 o`quv yiliga joriy qilish uchun tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishga erishdilar. Eslatib o`tish joizki, mazkur xalqaro tashkilot O’zbekiston respublikasi kesimida joriy yilda 7 ta viloyatda dual ta’lim tizimida jahon standartlari va talablariga javob beradigan maqsadli yosh kadrlarni yetishtirib chiqarishga kirishgan. Nukus ilg’or kasbiy mahorat texnikumi ushbu loyiha ichida 3 ta kasb, ya`ni ‘‘Qurilish ishlari’’ sohasida 2 ta yo`nalish va ‘‘Metallarga ishlov berish’’ kasblarini joriy qilish bilan qatnashmoqda. Kelgusida mazkur texnikum bilan turdosh kasblarni davomiy o`qitish rejalari ham belgilab olindi.