UNEVOC ekspertlari ishtirokida professional ta’lim pedagoglari uchun seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.
Kasbiy ta’lim agentligi va UNESCO-UNEVOC bilan hamkorligida Toshkent shahrida tizim mutasaddilari va texnikum pedagoglari uchun kasbiy ta’limni rivojlantirishni amaliy mexanizmlari bo‘yicha o‘quvlar tashkil etildi. Unda ish beruvchilar talablari asosida kompetensiyaga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, baholash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish, ichki sifatni ta’minlash hamda RBM yondashuvini joriy etish masalalari qamrab olindi. UNEVOC — UNESCO huzuridagi kasbiy ta’lim sohasida global miqyosda tajriba almashish va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi bo‘lib, 150+ davlatlarni qamrab olgan xalqaro tarmoq orqali ilg‘or tajriba va siyosiy tavsiyalarni shakllantiradi. Uchrashuvda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 300 nafar pedagoglarni kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ichki sifatni ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha malakasi oshirish hamda ta’lim dasturlariga yashil ko‘nikmalarni singdirish bo‘yicha o‘qitishga kelishib olindi.



