Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumida o‘quvchi yoshlarning salomatligini mustahkamlash «Reproduktiv salomatlik va uning ahamiyati» mavzularida ma’naviy-ma’rifiy va tibbiy-profilaktik tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy bilimlarini oshirish, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda Respublika o‘smirlar dispanseri terapevt shifokori J.Sulaymanova, o‘rta tibbiyot feldsheri A.Netullaev, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O‘ Tilevov, texnikumning xotin-qizlar boshlig‘i G.Qurmanova va talaba yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida, Shifokor tomonidan to‘g‘ri ovqatlanish oshqozon-ichak kasalliklari kamqonlik hamda zararli ichimliklar haqida tushuncha berildi va shifokor J.Sulaymonova qizlar bilan keng suhbatlashdi.
Nukus ilg‘or kasb-hunar texnikumida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.


